» » Konchita Wurst – Rise like a phoenix (Eurovision 2014) (Barcha haqiqatlar - QIZMI BU, KIYIKMI BU?!)

Konchita Wurst – Rise like a phoenix (Eurovision 2014) (Barcha haqiqatlar - QIZMI BU, KIYIKMI BU?!)

Konchita Wurst – Rise like a phoenix (Eurovision 2014) (Barcha haqiqatlar - QIZMI BU, KIYIKMI BU?!)

Kuni kecha Daniyaning Kopengagen shahrida bo'lib o'tgan "Eurovision 2014" eng yirik xalqaro musiqa tanlovini boshidan-oxirigacha kuzatdim va to'rt yarim soat davom etgan tanlovda yakuniga qadar hayratga tushdim. Albatta, bu yili oldingi yillarga nisbatan ajralib turadigan talantlar kam, ishtirokchilar o'ta yuqori mahoratga ega emaslar desak ham bo'ladi. Bu yil meni hayron qoldira oladigan iqtidor egasi topilmadi, lekin hayron qolishga arzigulik voqealar bo'ldi. Shaxsan o'zim tanlovda Rossiya va Ukraina qizlariga muxlislik qildim ammo, e'tiborimni tortgan (nafaqat meni balki hammaning e'tiborini) Avstriya nomidan qatnashgan san'atkor Konchita Wurst hammani SHOK holatiga solib qo'ydi desam adashmayman. Bu kim? Yoki nima? Erkak yoki ayol? Soqoli bor demak erkak! Lekin ayollar ko'yloagida va ayol qiyofasida, sochlari ham uzun. Hullas savollar ko'p javob bitta - U go'lib bo'ldi! Ha, butun Yevropa aqldan ozmoqda, barcha unga yuqori ovoz berdi (balki soqolini xurmat qilishdi), butun Yevropa xalqlari uni sahnaga ko'tardi. Balki unga o'ziga o'xshagan arosatdagi insonlar (ularni 'inson' deyib ham bo'lmaydi!) ovoz berishgandir. Lekin tan olish kerak vokal tomonidan unda muammo bo'lmadi u yaxshi kuyladi lekin bu jiddiy loyiha axir, bu yerda masxarabozlik yoki odanlarni kuldurish yoki parodiya ketmayapti. Bu haqiqiy talantlarni aniqlash loyihasi edi. E'tibor qarating - "edi"! Hozir unday emas. Yana bir jihat e'tiborimni tortdi, ovoz berish jarayonida deyarli barcha davlatlar o'z ovozlarini qo'shni davlatlarga berishdi. Bu ham noto'g'ri. Chunki bu yerda siyosiy loyihaga aylanib qolmoqda. Nima ham derdik, biz Osiyodamiz, yaxshiyamki bunday "sharmandali" loyihada bizning talantli san'atkorlarimiz yo'q. Ishonamizki bizda bu kabi "arosatlar" boshqacha qilib aytganda "DILSHOD QATTASIZ" kabilar paydo bo'lmaydi. Demak sizlarga Konchita Wurst'ni g'olib qilgan o'sha "Rise like a phoenix" klipini va qisqa biografiyasini taqdim etamiz:
 
  • Ismi: Konchita Wurst
  • Asl ismi: Tomas Noyvirt
  • Tug'ilgan sana/joy: 6-noyabr 1988-yil, Gmunden, Avstriya
  • Jinsi: erkak edi, hozirda ayol
  • POP San'atkor
  • Mashxur taronalari: That's What I Am, Unbreakable
  • Evrovision-2014 g'olibi (g'olibasi)
 
Bizdan uzoqlashmang www.xit.uz da qoling. Xurmat bilan, Jaloliddin JM!
 
 
 
Konchita Wurst – Rise like a phoenix (Eurovision 2014)
Опубликовано: MusTanG (11-05-2014, 16:14)
+5 (голосов: 1)
Комментарии (3)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Какую музыку вы любите?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют