» » Lola Karimova-Tillayeva YUNESKOdagi elchi lavozimini tark etdi

Lola Karimova-Tillayeva YUNESKOdagi elchi lavozimini tark etdi

Lola Karimova-Tillayeva YUNESKOdagi elchi lavozimini tark etdi

Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili lavozimini tark etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

«Bugun mening O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi sifatidagi so‘nggi kunim. So‘zsiz, diplomat sifatidagi 10 yillik faoliyatim hayotimning muhim qismi bo‘ldi. Ushbu bebaho tajribadan, menga bahramand bo‘lishga sababchi bo‘lgan insonlardan, ko‘p narsalarni o‘rganish imkoniyati va eng asosiysi o‘z Vatanimga xizmat qilishdan minnatdorman», — deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.

YUNESKO elchisi lavozimidan ketishiga qaramasdan, u madaniyat, ta’lim, fan va ekologiya sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda davom etishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, «Sen yolg‘iz emassan» bolalar jamg‘armasining gumanitar faoliyatini davom ettirib, fransuz mutaxassislari bilan hamkorlikda murakkab bolalar yurak jarrohligi, imkoniyati cheklangan bolalar reabilitatsiyasi hamda O‘zbekistonda bolalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha boshqa loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

O‘zbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi 2008?2017 yillardagi faoliyati mobaynida Navro‘z xalq bayrami, Katta ashula, o‘zbek palovi an’analari, Boysun madaniy merosi, Shashmaqom va Askiya YUNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2016 yili dunyodagi eng katta tog‘ tizmalaridan biri, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududini qamrab olgan G‘arbiy Tyan-Shan Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro‘yxatiga kirildi. 2017 yil dekabr oyida atlas va adras to‘qish an’anaviy texnologiyasi YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha ilg‘or tajribalar ro‘yxatidan joy oldi, deyiladi xabarda.

Опубликовано: Bek (5-02-2018, 02:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют