» » Aleksis Sanchesga 16 oylik shartli qamoq jazosi berildi

Aleksis Sanchesga 16 oylik shartli qamoq jazosi berildi

Aleksis Sanchesga 16 oylik shartli qamoq jazosi berildi

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Aleksis Sanches Kataloniyaning «Barselona» klubi safida to'p surgan vaqtlarida 1 million yevro miqdorida soliqlarni to'lamaganini tan oldi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, chililik futbolchi 2012/13 yilgi mavsumda o'zining imij huquqini sotish orqali topgan pullarini soliqdan yashirgan va ofshor hududidagi hisob raqamlarida bu pulni saqlagan. Sanchesga 16 oylik qamoq jazosi tayinlandi, ammo Ispaniyada bu moddaga ko'ra belgilaniladigan jazolarning 2 yilgacha muddatda bo'lsa u shartli qamoq jazosi bo'ladi.

29 yoshli futbolchi endi 2 yil davomida bu qonun buzilishini to'g'irlashi va soliqlarni qaytarib to'lashi kerak. Shunda u jazodan ozod qilinadi.

Опубликовано: Bek (25-02-2018, 02:05)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют