» » Erdo‘g‘anni haqoratlagan turk xonandasiga qamoq jazosi tayinlandi

Erdo‘g‘anni haqoratlagan turk xonandasiga qamoq jazosi tayinlandi

Erdo‘g‘anni haqoratlagan turk xonandasiga qamoq jazosi tayinlandi

Bugun, 22 mart kuni Istanbul sudida turkiyalik taniqli xonanda Zuhal O‘ljay ustidan hukm o‘qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda Istanbuldagi konserti mobaynida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga moslashtirilgan qo‘shig‘ini kuylay turib, qo‘li bilan antiqa ishoralar qilgan. Tabiiyki, bu davlat rahbariga hurmatsizlik va, haqorat o‘rnida qabul qilinib, unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Aslida bunday harakat, ya’ni “Prezidentga bo‘lgan hurmatsizlik” uchun 4 yilu 8 oygacha qamoq jazosi tayinlanishi haqida da’vo ochilishi kerak edi.

Ammo Istanbul sudi Zuhal O‘ljayning harakatini obdon o‘rganib, unga 1 yillik qamoq jazosi tayinladi. Xonandaning aybiga iqrorligi bois, jazo muddati 10 oyga kamaytirildi.

Uning advokati xonandani panjara ortiga ravona bo‘lishdan ham asrab qolishi mumkin edi. Biroq Zuhal O‘ljay avval ham shunga o‘xshash jinoyatni sodir etganligi ma’lum bo‘ldi.

Ya’ni xonanda avvalroq jamoat ishlari xodimini ham haqoratlagan ekan. Endi O‘ljay o‘ziga tayinlangan 10 oyli jazoni o‘tashga majbur bo‘ladi.

Опубликовано: Bek (10-04-2018, 02:32)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют