» » “Nega?” deb tanilgan Umidjon Shermatov konsert bergani haqida xabar berildi

“Nega?” deb tanilgan Umidjon Shermatov konsert bergani haqida xabar berildi

“Nega?” deb tanilgan Umidjon Shermatov konsert bergani haqida xabar berildi

Jonli kuylangan, videosi havaskorlik darajasida suratga olingan "Ayrildik-ku bizlar” qo‘shig‘i bilan Uznetda mashhur bo‘lib ketgan Umidjon Shermatov o‘z muxlislariga 3—7-avgust kunlari konsert dasturini taqdim etgani haqida Facebook ijtimoiy tarmog‘ida hazilomuz xabar tarqaldi.


Xabarda "Negaaa?” nomli konsert dasturi "Istiqlol” san’at saroyida o‘tkazilgani ma’lum qilingan.

Bundan avvalroq, foydalanuvchilardan biri "bilet qolmagani haqida tashvishli post” qoldirgan.

Facebook’ga dasturdan olingan fotolavhalar joylangan.

Foto: Facebook / Bahriddin Asror

Foto: Facebook / Bahriddin Asror

Foto: Facebook / Bahriddin Asror

Foto: Facebook / Bahriddin Asror

Mazkur xabar bo‘yicha qoldirilgan izohlarda "dard bilan kuylagan” "kelajagi buyuk” havaskor xonandaning "qo‘shiqlariga link (havola) ehtiyot choralari bilan joylangani”, uning fan klubiga "xorijliklar ham a’zo bo‘layotgani” ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, Umidjon Shermatov konsert bergani haqidagi mazkur xabar Facebook foydalanuvchilari tomonidan hazil sifatida tarqatilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq, Umidjon Shermatov o‘z muxlislariga murojaat qilib, uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirgan va yangi qo‘shiq kuylashini aytgan edi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (14-08-2014, 17:33)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют