» » O‘zbekiston FIFA reytingida 51-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston FIFA reytingida 51-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston FIFA reytingida 51-o‘ringa ko‘tarildi

FIFA dunyo terma jamoalarining navbatdagi reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston terma jamoasi avgust oyi reytingida o‘z ochkolarini beshtaga ko‘paytirdi (528) va bir pog‘ona yuqoriladi. Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi 51-o‘rinni egallab turibdi, deb ma’lum qildi Stadion.uz.

O‘zbekiston so‘nggi FIFA reytingida 7,5 yil ichidagi o‘zining eng yuqori natijasini qayd etdi. Terma jamoa 2007-yilning fevral oyida 50-o‘ringa ko‘tarilgan edi.

O‘zbekiston hamon Osiyoning uchinchi jamoasi bo‘lib turibdi. Yaponiya yangi reytingda 11 ochko yo‘qotganiga qaramay, bitta o‘rin yuqoriga ko‘tarildi va 44-o‘ringa joylashdi. Ochkolarida o‘zgarish yuz bermagan Eron ham bir qator ko‘tarildi va 48-o‘ringa joylashdi. Iordaniya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rin almashgan holda 56 va 57-pog‘onalarni band etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi bilan Osiyo kubogi — 2015’ning bir guruhida bahs olib boradigan Saudiya Arabistoni 83-o‘ringa tushib ketdi (-5). O‘z navbatida, Xitoy ham uch pog‘ona pastlab, 97-o‘rinni egalladi.

Osiyo kubogi mezboni Avstraliya yana pastlashda davom etib, 79-o‘ringa tushib qoldi. KXDR esa 146-o‘rinni egallab turibdi.

MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari orasida O‘zbekiston terma jamoasi Ukraina (22), Rossiya (23) va Armaniston (36) terma jamoalaridan keyin to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Jadvalni Germaniya, Argentina va Gollandiya uchligi boshqarishda davom etmoqda. Keyingi o‘rinlarda Kolumbiya, Belgiya va Urugvay bormoqda. Ispaniya esa o‘z ochkolarini 12 taga ko‘paytirib, Braziliya bilan birgalikda 7-o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Reytingning to‘liq ko‘rinishi bilan FIFA saytida tanishib olishingiz mumkin.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (14-08-2014, 19:15)
+5 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют