» » “Taksi” filmi yulduzi Sami Naseri mushtlashuv tufayli hibsga olingach, kasalxonaga tushib qoldi

“Taksi” filmi yulduzi Sami Naseri mushtlashuv tufayli hibsga olingach, kasalxonaga tushib qoldi

“Taksi” filmi yulduzi Sami Naseri mushtlashuv tufayli hibsga olingach, kasalxonaga tushib qoldi

"Taksi” filmi yulduzi Sami Naseri mushtlashuv tufayli politsiya tomonidan hibsga olingach, o‘zini noxush sezib qoldi. Fransiya OAVlari xabariga ko‘ra, ayni paytda aktyor shifoxonaga yotqizilgan, deb yozadi "ITAR-TASS”.

"Aktyorning ahvolini inobatga olib, jinoyatning oldini olish choralari sifatida uni qamab qo‘yishdan voz kechishga to‘g‘ri keldi”, — dedi politsiyadagilar. Shu bilan birga, Naserining qanday holatda ekanligi va aynan nima uchun kasalxonaga yotqizilgani oshkor qilinmayapti.

Nashrning eslatishicha, avvalroq Naseri sobiq sevgilisi ko‘z oldida urush-janjal qilgani uchun politsiya tomonidan hibsga olingan edi. Ta’kidlash joiz, bu aktyorning uchinchi marta qo‘lga olinishidir.

2009-yilda Naseri odamga pichoq bilan hujum qilgani uchun 16 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi. 2011-yilda esa Kann kinofestivalidagi beadab xatti-harakatlari tufayli politsiyaga yetkazilgan edi. O‘shanda aktyor kafelardan birida jamoatchilik oldida kiyimlarini yechib tashlagan, shundan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan edi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (15-08-2014, 23:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют