» » Samsung Galaxy S5 ustidan muzdek suv quyishdi va iPhone 5s’ni ham shunday qilishga undashdi

Samsung Galaxy S5 ustidan muzdek suv quyishdi va iPhone 5s’ni ham shunday qilishga undashdi

Samsung Galaxy S5 ustidan muzdek suv quyishdi va iPhone 5s’ni ham shunday qilishga undashdi

Ice Bucket Challenge aksiyasi bo‘lib o‘tayotgani va unda AppleFacebookMicrosoft kompaniyalarining rahbarlari ishtirok etgani haqida avval xabar berilgan edi. Gadjetlar olamidan bu ishni birinchi bo‘lib Samsung Galaxy S5 smartfoni bajardi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib "Parol” nashri xabar berdi.

Samsung kompaniyasi Galaxy S5 smartfonining suvga chidamli ekanligini ko‘rsatish maqsadida uning ustidan muzdek suv quyib yuborib, iPhone 5s, HTC One (M8) va Nokia Lumia 930 smartfonlarini bu ishni qilishga undadi.

Taqdim etilgan videorolikda Galaxy S5 smartfoni S Voice dasturi yordamida gapiradi. Unda smartfon suvning muzdekligini ta’kidlab, o‘z ovozida yuqoridagi smartfonlarni ushbu aksiyaga chorlaydi.

 
(function(d, s, id) { var js, fjs = d.getElementsByTagName(s)[0]; if (d.getElementById(id)) return; js = d.createElement(s); js.id = id; js.src = "//connect.facebook.net/ru_RU/all.js#xfbml=1"; fjs.parentNode.insertBefore(js, fjs); }(document, 'script', 'facebook-jssdk'));

Eslatib o‘tamiz, ushbu aksiya Sharko kasalligi – mushak falaji bilan og‘riganlarni davolash uchun hayriya puli yig‘ish maqsadida o‘tkazilmoqda. Uning shartlariga ko‘ra, o‘z ustidan muzdek suv quyishga chaqirilgan kishi, bu ishni amalga oshirishi yoki aksiya doirasida hayriya qilishi zarur.

Shuningdek, istaganlar bu vazifalarning har ikkalasini ham amalga oshirishi mumkin. O‘z ustidan muzdek suv quyib yuborgan kishi esa yana uchta nomzodni bu ishni qilishga chorlaydi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (25-08-2014, 21:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют