» » Hindistonlik qiz sehr-jodudan qutulish uchun itga turmushga chiqdi

Hindistonlik qiz sehr-jodudan qutulish uchun itga turmushga chiqdi

Hindistonlik qiz sehr-jodudan qutulish uchun itga turmushga chiqdi

Hindiston sharqidagi qishloqda yashovchi Mangli Munda ismli 18 yoshli qiz daydi itga turmushga chiqdi, deya xabar bermoqda The Daily Mirror.

Ko‘ppakni to‘yga mashinada keltirishdi. Sheru laqabli itni qishloq aholisi tabrik olqishlari bilan qarshi oldi.

Marosim Qishloq kengashining qistovi bilan o‘tkazildi, ular shu tariqa qiz, uning oilasi va butun qishloqqa xavf solib turgan yovuz joduni daf qilmoqchi. Oqsoqollarning ta’kidlashicha, agar qiz bu marosimdan bosh tortganida, uning erkak kishi bilan turmushi baxtsizlikka olib kelardi.

Endi Munda bir necha oylardan so‘nggina boshqa kishiga turmushga chiqishi mumkin bo‘ladi. Ungacha u daydi itga g‘amxo‘rlik qilishi lozim.

Hindistonda qishloq qizlarining itga turmushga chiqish hollari ko‘plab uchraydi. Yovuz sehr-jodudan qutulishning bunday "usul”i ushbu hududdagi bir nechta aholi punktlarida mavjud.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (6-09-2014, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют