» » O‘zbekistonda Chevrolet Aveo avtomobilini ishlab chiqarish boshlanadi

O‘zbekistonda Chevrolet Aveo avtomobilini ishlab chiqarish boshlanadi

O‘zbekistonda Chevrolet Aveo avtomobilini ishlab chiqarish boshlanadi

"O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi vakillari General Motors Uzbekistan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasida yangi T250 (Chevrolet Aveo) modelidagi avtomobillarni seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kirishdi, deya xabar bermoqda 12news.uz.

Hukumat qarori bilan loyihani amalga oshirish ishlari dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarsiz boshlanadi, texnologik qurilma va jihozlar esa tender savdolari o‘tkazmasdan, General Motors kompaniyasining savdo-sotiq global tizimi orqali shartnoma tuzish yo‘li bilan sotib olinadi.

Hujjat "O‘zavtosanoat” AKga ikki oy muddatda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini hukumatga tasdiqlash uchun taqdim etish vazifasini yuklaydi.

Nashrning eslatishicha, 2013-yil noyabrida GM Uzbekistan Chevrolet Gentra, 2014-yil martida esa Chevrolet Orlando ishlab chiqarishga kirishdi. Yaqin ikki yil ichida Nexia avtomashinasini ham butunlay yangilash rejalashtirilmoqda.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi 2014-yilning birinchi yarmida 127 774 ta avtomobil ishlab chiqardi, bu 2013-yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 6,3 foizga ko‘p demakdir. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, olti oy ichida 29 699 ta Nexia, 7267 ta Matiz, 9702 ta Damas, 337 ta Lacetti, 14 828 ta Spark, 3476 ta Captiva, 2309 ta Malibu, 32 639 ta Cobalt, 26 953 ta Gentra va 563 ta Orlando modelidagi avtomobillar ishlab chiqarilgan.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (15-09-2014, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют