» » MTS o‘rniga ochilayotgan yangi operatorga 2,5 million telefon raqami ajratiladi

MTS o‘rniga ochilayotgan yangi operatorga 2,5 million telefon raqami ajratiladi

MTS o‘rniga ochilayotgan yangi operatorga 2,5 million telefon raqami ajratiladi

Tarkibiga MTS OAJ kirishi kutilayotgan Universal Mobile Systems (UMS) MChJning raqamlar hajmi o‘z faoliyatining boshida 2,5 milliondan iborat bo‘ladi. Bu haqda "RIA Novosti” ma’lumotiga tayanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi UMS’ga ilk faoliyatini olib borishi uchun 2,5 million abonent raqami ajratdi. Ulardan 1,5 millioni Toshkent aholisi uchun berilgan bo‘lib, qolgan raqamlar O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha taqsimlangan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tomoni MTS bilan birgalikda qo‘shma korxona tuzish va O‘zbekiston bozorida Rossiya kompaniyasi faoliyatini tiklash to‘g‘risidagi shartnomada qayd etilgan barcha jarayonlarni yakunlagan. Xususan, mazkur aloqa operatoriga 2G/3G/LTE litsenziyasi, chastota, raqamlar sig‘imi taqdim etilib, aloqa kanallari ijarasi bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, 16-sentabr, seshanba kuni Rossiya tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin MTSni nazorat qiluvchi "Sistema” aksiyadorlik moliyaviy korporatsiyasi rahbari Yevtushenkovning pul mablag‘larini "yuvish”da ayblanganini ma’lum qilgan.

Xabar berilganidek, Vladimir Yevtushenkovning hibsga olinishi O‘zbekistonda Universal Mobile Systems qo‘shma korxonasi tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (19-09-2014, 09:20)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют