» » Mirjalol Qosimov: Ozbekiston terma jamoasiga Krasnodar klubi azosi Nikolay Markovni chaqiramiz

Mirjalol Qosimov: Ozbekiston terma jamoasiga Krasnodar klubi azosi Nikolay Markovni chaqiramiz

Mirjalol Qosimov: Ozbekiston terma jamoasiga Krasnodar klubi azosi Nikolay Markovni chaqiramiz

Ozbekistonning Qibray tumani Moy qishlogida tugilgan Rossiyaning "Krasnodar klubi azosi Nikolay Markov hozircha Ozbekiston milliy termasi tarkibida maydonga tushmagan. Hatto terma yiginlariga ham jalb etilmagan. Ozbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bu borada oz fikrlari bilan ortoqlashdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.

"Rosti, aksariyat muxlislar, hatto mutaxassislar ham uni milliy terma jamoada qachon koramiz, deb soraydi. Aslida Nikolay Markovni yaxshi bilaman. Bir paytlar Toshkentning Traktor jamoasida oynagan. Hozirda Krasnodar klubi sharafini himoya qilmoqda. Malumki, ushbu mavsumda krasnodarliklar Yevropa ligasida ishtirok etmoqda. Shu bois klub rahbariyati jamoa tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida bir qator tajribali futbolchilarni taklif etdi. Natijada, Nikolay Markov Krasnodarning zaxira orindigida qolib, biroz oyin amaliyotini yoqotib qoydi.

Yaqinda Nikolay bilan boglanib, yiginlarga chaqirishimni aytgandim. U esa ayni paytda oziga yangi klub izlayotganini takidladi. Xabaringiz bor, termamiz yarim himoyachisi Odil Ahmedov ham Nikolayning jamoadoshi sanaladi. Odil ham Markov bilan uchrashib, bu borada gaplashgan ekan. Kolya unga ham xuddi shu javobni aytibdi. Xullas, Nikolay Markov oz oldidagi muammolarni hal etsin. Keyin albatta Ozbekiston milliy terma jamoasi mashgulotlariga chaqiraman. Ishonamanki, Nikolay terma jamoamiz oyinini kuchaytira oladi, dedi Mirjalol Qosimov.

Ozbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga Nikolay Markovning qaysi klubga otishi haqida malumotga ega-ega emasligi haqida soralganida, u "Rossiya premyer ligasi debyutanti Ufadan taklif bor ekan. Yaqin kunlar ichida Nikolay Markov Ufa jamoasi mutasaddilari bilan uchrashib, vaziyatga oydinlik kiritadi, deb javob berdi.

 

Daryo.uz

: MusTanG (23-09-2014, 17:46)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -