» » Toshkentliklar telefonlarida “MTS” tarmog‘i ko‘rina boshladi

Toshkentliklar telefonlarida “MTS” tarmog‘i ko‘rina boshladi

Toshkentliklar telefonlarida “MTS” tarmog‘i ko‘rina boshladi

"Daryo” muxbirlari va o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari xabarlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi mobil aloqa foydalanuvchilari telefonlarida "MTS” tarmog‘i ko‘rina boshladi. Tarmoq qurilmalarda "UZB MTS” nomi bilan paydo bo‘ldi.

"MTS” tarmog‘i paydo bo‘lgani haqidagi xabarlar 24-sentabr kuni paydo bo‘la boshladi. Bu haqda "Potrebitel.uz” guruhi a’zolari ham mamnuniyat bilan xabar berdi.

"Daryo” muxbirlari ushbu ma’lumotni tasdiqladi: Toshkentning Bodomzor va Olmazor mavzelarida nashr muxbirlari telefonlarida ham "MTS” tarmog‘i paydo bo‘ldi. Tarmoq O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham ko‘rina boshlagani haqida xabar berilmagan.

"UZB MTS” deb nomlangan tarmoq mobil aloqa foydalanuvchilari telefonlarida paydo bo‘la boshladi. Foto: "Daryo”

Ammo tarmoqqa ulanganda qurilmada "No service” ("Aloqa yo‘q”) degan yozuv paydo bo‘lmoqda va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishning imkoniyati yo‘q. Bu borada kompaniya tarmoqni sinovdan o‘tkazayotgani haqida taxmin qilish mumkin.

Ta’kidlash joiz, bu borada yangi ochilgan Universal Mobile Systems MChJ yoki Qo‘mita tomonidan rasmiy xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi "Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Universal Mobile Systems qo‘shma korxonasini tuzish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgan. Qarorda belgilanishicha, UMS’ni tuzish ishlari 15-avgustgacha, uni ro‘yxatga olish ishlari esa 25-sentabrga qadar tugallanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, qo‘shma korxona 1-noyabrga qadar texnik, 1-dekabrga qadar tijoriy ekspluatatsiyani amalga oshiradi.

Avvalroq, "MTS” kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan murosa bitimi imzolagani, O‘zbekistonda yangi qo‘shma korxona tashkil etishi, korxonaning 50,01 foizi "MTS”ga, 49,99 foizi esa O‘zbekiston hukumatiga tegishli bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi UMS’ga ilk faoliyatini olib borishi uchun 2,5 million abonent raqami ajratgani, ulardan 1,5 millioni Toshkent aholisi uchun berilgan bo‘lib, qolgan raqamlar O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha taqsimlanganligi 18-sentabr kuni e’lon qilingan edi.

Qo‘shimcha (15:45). "Daryo” mushtariylarining xabar berishicha, "MTS” tarmog‘i Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona viloyati va Andijon shahrida ham ko‘rina boshlagan, ammo Qarshida hali ko‘rinmayapti.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (25-09-2014, 21:47)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют