» » Tojikistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘i yopib qo‘yildi

Tojikistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘i yopib qo‘yildi

Tojikistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘i yopib qo‘yildi

Yakshanba kunining ikkinchi yarmida Tojikistondagi barcha sakkiz internet-provayder Facebook ijtimoiy tarmog‘ini yopib qo‘ydi. Foydalanuvchilar hozirda Facebook’ga faqatgina anonimayzer va proksi-server kabi maxsus dasturlar orqali kirmoqda. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi.

Shanba kuni kechki payt foydalanuvchilardan Facebook’ga kirishning qiyinlashgani haqida xabar kelib tusha boshladi. Yakshanba kuni esa ijtimoiy tarmoq butunlay yopib qo‘yildi.

Mamlakatdagi internet-provayderlardan birining ma’lum qilishicha, Facebook’ni yopib qo‘yish haqidagi buyruq hukumat noziri bo‘lgan Aloqa xizmati tomonidan telefon orqali berilgan.

Qurbon hayiti munosabati bilan o‘tayotgan bayram kunlari tufayli hukumatdan ijtimoiy tarmoq yopilgani haqida izoh olishning iloji bo‘lmadi.

Mutaxassislarning fikricha, Tojikistonda bir milliondan ziyod kishi foydalanadigan Facebook’ning yopib qo‘yilishi unga 10-oktabr kuni o‘tkaziladigan amaldagi hukumatga qarshi namoyishda ishtirok etish haqidagi chorlov joylashtirilgani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyidan beri Tojikistonda YouTube yopilgan, Facebook’ga kirish esa cheklangan edi. Mazkur ijtimoiy tarmoq ikki marotaba — iyun va iyul oylarida yopib qo‘yilgandi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (5-10-2014, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют