» » O‘zbekiston U-19 Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston U-19 Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston U-19 Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Myanma davlatining Yangon shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugunga belgilangan o‘yinlarning ikkitasi o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi Uff.uz.

Ularning birida O‘zbekiston terma jamoasi Indoneziya termasiga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston futbolchilari o‘yinni kutilganidek hujumlar bilan boshladi. Avvaliga Dostonbek Hamdamov 20-daqiqada hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Zabixullo O‘rinboyev penaltidan ikkinchi golni kiritdi.

Ikkinchi bo‘limda raqib futbolchilari o‘yin shiddatini birmuncha ko‘tarishga harakat qildi va bunga erishdi ham. 55-daqiqada Paulo Oktavianus uzoq masofadan O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qildi va hisobdagi farqni qisqartirdi.

O‘zbekiston termasi gol urish uchun oldinga o‘tib turdi, ammo Indoneziya himoyachilari hujumlarni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 87-daqiqaga kelib, Otabek Shukurov chamasi 22 metrdan zarba yo‘llab, O‘zbekistonning juda chiroyli goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa Ravshan Haydarov shogirdlari dastlabki turda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

AFC U-19, 1-tur

O‘zbekiston — Indoneziya: 3:1

Gollar: D.Hamdamov (20), Z.O‘rinboyev (22 pen), O.Shukurov (87) — Paulo Oktavianus (55).

O‘zbekiston: Dilshod Hamroyev — Dostonbek Tursunov, Firdavs Abdusalomov, Xurshid G‘iyosov, Odiljon Hamrobekov — Javohir Sohibov, Bobur Davlatov, Otabek Shukurov — Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov, Zabixulla O‘rinboyev.

Indoneziya: Putu Antara, Muhammad Rochman, Evan Darmono, Muhammad Hargianto, Dinan Xavyer, Muhammad Sahrul, Maldini, Hansami Yama, Zulfiandi, Ilxom, Udin, Ralli Desrian.

 

Daryo.uz / Uff.uz

Опубликовано: MusTanG (10-10-2014, 18:33)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют