» » Dunyo mamlakatlari rivojlanganlik reytingida O‘zbekiston Rossiyani ortda qoldirdi

Dunyo mamlakatlari rivojlanganlik reytingida O‘zbekiston Rossiyani ortda qoldirdi

Dunyo mamlakatlari rivojlanganlik reytingida O‘zbekiston Rossiyani ortda qoldirdi

Buyuk Britaniyaning Legatum Institute tadqiqot markazi tomonidan dunyo mamlakatlari rivojlanganlik reytingi chop etildi.

Reytingida birinchi o‘rinni ketma-ket oltinchi yil Norvegiya egallagan. Keyingi pog‘onalarda Shveysariya, Yangi Zelandiya, Daniya, Kanada, Shvetsiya, Avstraliya,Finlandiya, Niderlandiya va AQSh akbi davlatlar bormoqda.

E’tiborlisi O‘zbekiston ushbu reytingda 57-pog‘onani egallab turibdi. Bu reyting e’lon qilina boshlangan 2009-yildan beri O‘zbekistonning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Bungacha O‘zbekiston 2009-yilda 65, 2010-yilda 76, 2011−2012-yillarda 64 va 2013-yilda 63-o‘rinda ko‘rsatilgan.

MDH mamlakatlaridan Qozog‘iston 55, Ukraina 63, Rossiya 68, Qirg‘iziston 74, Ozarbayjon 79, Tojikiston 94-o‘rinlarda ko‘rsatilgan. Reytingning so‘nggi pog‘onalarida Gaiti, Togo, Afg‘oniston, Yaman, Burundi, Kongo Demokratik Respublikasi, Chad va Markaziy Afrika Respublikasi bormoqda.

Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar vakillari tomonidan yuqori baholangan ushbu reyting davlatlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, yalpi ichki mahsulot miqdori, shuningdek, mamlakat rivojlanishiga hissa qo‘shadigan alohida omillar kabi 89 ta turli yo‘nalish tahlili asosida tuziladi.

Iqtisodiyot, tadbirkorlik, boshqaruv, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik, shaxs erkinligi va ijtimoiy kapital bo‘yicha alohida reytinglar ham tuzilgan. 2014-yilgi reytingdan jami 142 davlat o‘rin olgan.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (5-11-2014, 19:50)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют