» » Yulduz Usmonova konserti haqida soxta ma’lumot berib, chipta sotishga urinilayotgani aniqlandi

Yulduz Usmonova konserti haqida soxta ma’lumot berib, chipta sotishga urinilayotgani aniqlandi

Yulduz Usmonova konserti haqida soxta ma’lumot berib, chipta sotishga urinilayotgani aniqlandi

Taniqli qo‘shiqchi Yulduz Usmonova go‘yoki 29−30-dekabr kunlari Toshkentdagi "Florensiya” restoranida konsert berishi haqida soxta ma’lumot tarqatib, chipta sotishga urinilayotgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Sayyod.com.


Qayd etilishicha, 167-90-91 telefon raqami orqali Lola ismli ayol chipta sotmoqda. Go‘yoki birinchi kungi konsertga chiptalar 350 ming so‘mdan sotib bo‘lingani aytilgan. Sayyod.com vakillari ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilib ko‘rganda, firibgarlar ularga ham shoshilinch tarzda sotib olish zarurligi, aks holda chiptalar qolmasligini aytgan.

Sayt xodimlari Yulduz Usmonova bilan uchrashib, bu xabarni aytganda xonanda hayratga tushgan. Qo‘shiqchining ma’muri ham konsert haqida hammasi yolg‘onligini aytib, odamlarni ehtiyot bo‘lishga chorlagan. Qiziqarlisi, firibgarlarga Yulduz Usmonovaning ma’muri qo‘ng‘iroq qilganda, unga ham chipta sotishga urinishgan.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (17-11-2014, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют