» » Turkvision − 2014’da O‘zbekiston sharafini Aziza Nizomova himoya qiladi

Turkvision − 2014’da O‘zbekiston sharafini Aziza Nizomova himoya qiladi

Turkvision − 2014’da O‘zbekiston sharafini Aziza Nizomova himoya qiladi

Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tatariston Respublikasining Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkvision − 2014 xalqaro qo‘shiq tanlovida O‘zbekiston sharafini Aziza Nizomova himoya qiladi, deb xabar bermoqda "Popcorn.uz”.

Ovoz imkoniyatlari jihatidan haqiqiy iste’dod sohibasi Aziza Nizomova ko‘pchilikka ayni vaqtdagi "Setora” guruhi ijodi orqali yaxshi tanish. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, Aziza yaqinda katta mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oldi, deyiladi xabarda.

Aziza Nizomova "Setora” guruhidagi faoliyatidan tashqari, ko‘plab estrada yulduzlarining qo‘shiqlaridagi bek-vokalda aynan uning ovozi qo‘llaniladi. Jonli ijroda ham mahorat bilan kuylaydigan Aziza ayni paytda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida. Bunga sabab esa ijodiy tanlov. "Turkvison-2014” tanlovida 24 ta mamlakatdan vakillar g‘oliblik uchun kurashishadi. 19-noyabr kuni tanlovning yarim final bahsi o‘tkaziladi. Dunyoning 39 ta davlatida tanlov namoyish etiladi.

Tanlovda 5-raqamda saralangan Aziza bilan "Popcorn.uz” xodimlari bog‘langanda, tanlovda "Dunyo bo‘lsin omon” deb nomlangan tarona bilan ishtirok etishini ma’lum qilgan. Tanlovda qo‘shiqlar faqat jonli ijroda kuylanishini alohida ta’kidlash zarur. Bu taronaning matn va musiqa muallifi shaxsan Aziza Nizomovaning o‘zi. Bu esa uning iqtidorining serqirra ekanligidan darak beradi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Eskishehir shahrida bo‘lib o‘tgan Turkvision − 2013 tanlovida O‘zbekiston nomidan Nilufar Usmonova ishtirok etib, finalga chiqqan va yakunda 11-o‘rinni egallagani xabar berilgan edi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (19-11-2014, 22:24)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют