» » Ikkita UMS raqami 36 million so‘mga sotib olingani aks etgan to‘lov qog‘ozlari suratlari internetda paydo bo‘ldi

Ikkita UMS raqami 36 million so‘mga sotib olingani aks etgan to‘lov qog‘ozlari suratlari internetda paydo bo‘ldi

Ikkita UMS raqami 36 million so‘mga sotib olingani aks etgan to‘lov qog‘ozlari suratlari internetda paydo bo‘ldi

Facebook’dagi ProudToBeUzbek guruhiga foydalanuvchilardan UMS mobil operatori raqamlari sotib olingani aks etgan to‘lov qog‘ozlari suratini joylashtirdi.


Foto: Facebook / ProudToBeUzbek

Foto: Facebook / ProudToBeUzbek

To‘lov qog‘ozlaridan biridagi raqam 24 million 109 ming so‘mga, ikkinchisidagi raqam esa 12 million 82 ming so‘mga sotib olingani aks etgan. Ikkala to‘lov ham naqd pul bilan "Aloqabank” orqali amalga oshirilgani ko‘rinib turibdi.

Rasm ostiga bildirilgan izohlarda guruh a’zolarining ba’zilari UMS’da narxlar haddan tashqari yuqoriligini aytgan bo‘lsa, boshqalar buncha pulga raqam sotib olgan mijozni tanqid qilgan.

Ushbu surat kim tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborilgani ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, 2014-yil 1-dekabrdan O‘zbekistonda faoliyatini boshlagan UMS mobil aloqa operatorining 30-noyabrdan ishga tushgan rasmiy saytida yozilishicha, chiroyli raqamlar uchun alohida tariflar joriy etilgan. 10 ming dollar turadigan "Platina” raqamlar sohiblari kuniga 20 sent abonent to‘lovi ham to‘laydi. "Super oltin” raqamlar narxi 5 ming dollar, kunlik abonent to‘lovi 20 sent, "Oltin” raqamlar narxi 1000 dollar va kunlik abonent to‘lovi 15 sent, "Kumush” raqamlar narxi 500 dollar va kunlik abonent to‘lovi 10 sent hamda "Bronza” raqamlar narxi 100 dollar va kunlik abonent to‘lovi 5 sent ekanligi ko‘rsatilgan.

Jumladan, yuqoridagi to‘lov qog‘ozlarida aks etgan raqamlardan biri XYY-YY-YY ko‘rinishiga ega "Platina” (narxi 10 ming AQSh dollar), ikkinchisi ХХХ-00-0Х (narxi 5 ming dollar) ko‘rinishidagi "Super oltin” raqami hisoblanadi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (4-12-2014, 00:05)
+5 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют