» » O‘rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani mag‘lub etdik

O‘rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani mag‘lub etdik

O‘rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani mag‘lub etdik

Dubaydagi ikkinchi yig‘in doirasidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvi Iordaniyaga qarshi o‘tkazildi.

• • •

Uchrashuvda Iordaniya o‘zi tashkil etgan deyarli birinchi xavfli vaziyatdan gol urdi. 16-daqiqada o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni markaziy himoyachimiz Yegor Krimes qaytara olmadi, iordaniyalik Oday Al Sayfi 9 metrdan darvozani ishg‘ol qildi - 0:1.  

30-daqiqada Jamshid Iskanderovning to‘p uzatishidan so‘ng Farrux Sayfiyev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Chap qanot himoyachisi rolida o‘ynagan Sayfiyev to‘pni o‘ziga bo‘ysundirayotganda Amir Shafi uni o‘z jarima maydoni ichida yiqitishga majbur bo‘ldi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini Rashidov aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi. Sardor to‘pni darvoza markaziga yo‘lladi, posbon o‘ng tomonga tashlandi - 1:1.  

Uchrashuv tugashiga 3 daqiqa qolganida Sardor Rashidov o‘ng qanotdan jarima maydoni yoniga borib Navro‘z Alimovni to‘p bilan ta’minladi. Zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan yosh hujumchi ikkinchi harakat bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi - 2:1.

Bahs aynan mana shu hisob bilan o‘z yakuniga yetdi va Mirjalol Qosimov shogirdlari Iordaniya ustidan irodali g‘alabaga erishishdi.



O‘zbekiston - Iordaniya 2:1
Gollar
: Oday Al Sayfi 16, - 0:1. Sardor Rashidov 30 penalti, - 1:1. Navro‘z Alimov 87, - 2:1.
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov (Bobur Yuldashev, 85), Yegor Krimes, Shuhrat Muhammadiyev, Farrux Sayfiyev (Vitaliy Denisov, 66), Javlon Ibrohimov (Vohid Shodiyev, 66), Temur Kapadze (S), Lutfulla To‘rayev, Jamshid Iskanderov (Sanjar Tursunov, 66), Sardor Rashidov, Bahodir Nasimov (Navro‘z Alimov, 75).
Iordaniya: 1.Amir Shafi (S), 5.Muhammad Al Dmreyri, 3.Tariq Xattab (4.Ahmad Sraiva, 60), 11.Oday Zahran, 2.Ahmad Elias, 18.Solih Rateb  (17.Raja Ayad, 61), 15.Muhammad Dovud, 14.Abdulloh Dib (16.Samir Raja, 65), 7.Muhtor Abu Amara, 8.Oday Al Sayfi, 10.Ahmad Hayol (9.Mahmud Zatara, 60).
Ogohlantirish: Javlon Ibrohimov 28.

Nodirxo‘ja Yuldashev
Dubay

Manba: championat.asia

Опубликовано: MusTanG (21-12-2014, 23:04)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 10) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют