» » Xitoy Ozbekistondagi internet tezligini oshirish uchun 100 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy Ozbekistondagi internet tezligini oshirish uchun 100 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy Ozbekistondagi internet tezligini oshirish uchun 100 million dollar investitsiya kiritadi

Ozbekiston Prezidenti Islom Karimov 2-dekabr kuni Xitoy davlat taraqqiyot banki ishtirokida Ozbekiston telekommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilishga doir qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda "Kun.uz.

Ushbu qaror talablarini bajarish doirasida 2015-yildan boshlab Ozbekiston telekommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish boyicha umumiy qiymati 117,6 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.

Ozbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasining "Infocom.uz saytida elon qilingan axborotida malum qilinishicha, ushbu mablagning 100 million dollari Xitoy davlat taraqqiyot banki tomonidan taqdim etiladi.

Ushbu loyihalar axborot uzatish magistral tarmoqlarining otkazish quvvatini xalqaro yonalish boyicha 10 barobar (100 Gbit/soniya), viloyat markazlari boyicha 4 barobar (40 Gbit/soniya) va tuman markazlari boyicha 10 barobar (10 Gbit/soniya) oshirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, ushbu qaror doirasida FTTx texnologiyasi boyicha keng polosali optik tarmoqlarni rivojlantirish ham kozda tutilgan bolib, 6,9 million dollarga Toshkent shahridagi abonent liniyalarini modernizatsiya qilish va 69 ming 120 portda keng polosa boylab axborot uzatishni taminlaydigan qurilmalarni ornatish kozda tutilgan.

 

Daryo.uz

: MusTanG (24-12-2014, 19:09)
+5 (: 1)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 1) ( 2) ( 0)
:
:
-
20 ...