» » Vitaliy Denisov Goal.com saytining Osiyo kubogi−2015 ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi

Vitaliy Denisov Goal.com saytining Osiyo kubogi−2015 ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi

Vitaliy Denisov Goal.com saytining Osiyo kubogi−2015 ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi

Goal.com sayti Osiyo kubogi−2015 ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi, deb xabar bermoqda "Stadion.uz”. Unga O‘zbekiston terma jamoasi chap qanot himoyachisi Vitaliy Denisov ham kiritildi. Shuningdek, Sardor Rashidov zaxira tarkibdan joy oldi.


Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon − Metyu Rayan (Avstraliya, "Bryugge”).

Himoyachilar − Cha Du Ri (J.Koreya, "Seul”), Trent Saunsberi (Avstraliya, "Svolle”), Metyu Spiranovic (Avstraliya, "Vestern Sidney”), Vitaliy Denisov (O‘zbekiston, "Lokomotiv” Moskva).

Yarim himoyachilar − Massimo Luongo (Avstraliya, "Svindon Taun”), Umar Abdulrahmon (BAA, "Al-Ayn”), Ki Sung Yeung (J.Koreya, "Suonsi Siti”).

Hujumchilar − Son Xeung Min (J.Koreya, "Bayer”), Tim Keyxill (Avstraliya, "Nyu York Red Buls”), Ali Mabxut (BAA, "Al-Jazira”).

Bosh murabbiy: Ange Postegoglu (Avstraliya)

Zaxira: Vang Daley (Xitoy), Mohanad Salim (BAA), Sardor Rashidov (O‘zbekiston), Ahmad Yosin (Iroq), Ad-Daradreh (Iordaniya), Muhammad as-Sahlaviy (Saudiya Arabistoni), Ahmad Xalil (BAA)


"O‘zbekiston terma jamoasining chap qanot himoyachisi Vitaliy Denisov musobaqa davomida ishonchli harakat qildi. ‘Oq bo‘rilar’ guruh bosqichida Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, chorak finalga chiqishdi. Ammo Denisov Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida ishonchli o‘ynay olmadi. O‘zbekiston chorak finalda mag‘lubiyatga uchradi. Shuningdek, ushbu pozitsiyaga Yaponiya terma jamoasi himoyachisi Yuto Nagatomo ham kiritilishi mumkin edi”, − deya yoziladi manbada.

Sayt O‘zbekiston terma jamoasi posboni Ignatiy Nesterovning mehnatlarini ham e’tirof etdi va ramziy terma jamoa darvozabonligiga nomzodlardan biri bo‘lganini ta’kidladi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (3-02-2015, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют