» » Asli o‘zbekistonlik model qiz Dolce&Gabbana yuziga aylandi

Asli o‘zbekistonlik model qiz Dolce&Gabbana yuziga aylandi

Asli o‘zbekistonlik model qiz Dolce&Gabbana yuziga aylandi

Italiyaning mashhur Dolce&Gabbana modalar uyi bahor-yoz mavsumi uchun mo‘ljallangan to‘plami reklamasida suratga tushish uchun taniqli modellar Byanka Balti, Vittoriya Cheretti, Blanka Padilya hamda asli o‘zbekistonlik Irina Sharipovani taklif qildi, deya xabar bermoqda "Sntat.ru”.

Irina o‘tgan yilning 2-dekabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan Victoria’s Secret brendining shou dasturida ham ishtirok etgan edi.

Irina Sharipova 1992-yilda Buxoroda tug‘ilgan. 7 yoshida onasi bilan Tataristonga ko‘chib ketgan va Qozon Davlat texnologiya universitetiga o‘qishga kirgan. 2010-yilda Irina "Tatariston go‘zali”ga aylanib, "Rossiya go‘zali” tanlovida 2-o‘rinni egallagan. "Dunyo go‘zali”da Rossiya nomidan ishtirok etgach, uni turli modalar uylari ishga taklif qila boshlagan.

Ayni paytda Irina Nyu-Yorkda yashab, Woman Model Management model agentligi bilan ishlamoqda.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (11-03-2015, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют