Munisa Rizaeva muxlislariga “ko'rpasiga qarab oyoq uzatish”ni tavsiya qildi
Xonanda Munisa Rizaeva internetda yana bir janjalga aralashib qoldi.
O'tgan hafta uning Instagram’dagi sahifasi bahs-munozaralarga to'lib-toshdi.
Ma'lum bo'lishicha, xonanda to'y
marosimlariga borish uchun gonorar narxini oshirgan. Ko'pchilik
muxlislar bu masala yuzasidan e'tirozlarini uning sahifasida qoldirgan.
"Sizga
qarsak chalayotgan xalqning to'yiga falon million so'mga borishingiz
to'g'rimi?” qabilidagi savollarga Rizaeva "Ko'rpangizga qarab oyoq
uzating” deb javob bergan.
"Sizlar qanaqa qilib pul topasizlar? Menga judayam qiziq? – deb yozdi o'z sahifasida muxlislari bilan bahsga kirishgan xonanda. – Sizlarda imkoniyat bo'lganda sizlar nafaqat 700 yoki 800 (dollar) so'rardinglar, ancha ko'proq so'rardinglar, bunga umuman shubham yo'q. Qancha ko'p inson topadi, shuncha ko'p rasxod bo'ladi va ishtaha ochiladi”.
"Unda magnitofon oling va disk qo'yib
ashula eshiting!!! – maslahat berdi Rizaeva muxlislariga. – Ko'rpangga
qarab oyog'ingni uzat deydi!!!”.
Bahslar nihoyasini topavermagach, xonanda o'ziga yoqmagan izohlarni o'chirib tashlashi, foydalanuvchilarni bloklashini aytdi.
Manbaa: Kun.uz