» » O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov 80 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov 80 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov 80 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek kinematografiyasining oltin fondidan o‘rin olgan ko‘plab filmlarning bosh rol ijrochisi, dublyaj san’atining mohir ustasi Obid Yunusov bugun, 21-sentabr kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda "O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati "Daryo”ga xabar bermoqda.

Obid Yunusov 1934-yil 20-noyabrda tug‘ilgan – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti (1990). Yunus Rajabiyning o‘g‘li. Toshkent teatr va rassomlik san’ati inistitutini tugatgan (1956). 1956—1998-yillar Hamza teatri (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatri)da ishladi.

Erkin ("Aytsam tilim, aytmasam dilim”), Qayum ("Yurak yonmog‘i kerak”), Xolmat ("Boy ila xizmatchi”), Abbos ("Mirzo Ulug‘bek”), Ma’mur ("Kelinlar qo‘zg‘oloni”), Kirill ("Oqshomdan tushgacha”), Yormat ("Qutlug‘ qon”), Sino ("Abu Ali ibn Sino”), O‘tkuriy ("Parvona”) kabi obrazlari bilan teatr sahnasidan mustahkam o‘rin oldi. U bir qancha filmlar ("Armon”, "To‘ylar muborak”, "Chinor ostidagi duel”, "Chayon gul”, "Shaytanat”, "Sharpa” va boshqalar)da ham suratga tushgan.

Dublyaj san’atining mohir ustasi sifatida tanilgan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989), ”Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan (2003).

"O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston kinoarboblar birlashmasi O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

 

Manbaa: Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (22-09-2015, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют