WWW.XIT.UZ » Muxim Voqealar » Rossiyaning Birinchi kanali “Minuta slavi” ko‘rsatuvi uchun Toshkentda kasting e’lon qildi
Rossiyaning Birinchi kanali “Minuta slavi” ko‘rsatuvi uchun Toshkentda kasting e’lon qildi
Rossiyaning Birinchi kanali O‘zbekistondagi sherigi — Kinoshniki.uz sayti orqali respublikada "Mashhurlik daqiqasi” ("Минута славы”) teleko‘rsatuvi uchun kasting e’lon qildi.
"Shouda qatnashish uchun iste’dod kerak, — deyiladi Kinoshniki.uz xabarida. — Bu chiroyli ovozga ega bo‘lish kabi klassik yoki uzun matnni teskarisiga aytib berish kabi ekzotik iste’dod bo‘lishi mumkin”.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda o‘tkazilgan kasting natijalari Birinchi kanalga yuboriladi. U yerdagilar eng yaxshi chiqishlarni tanlab olib, iste’dod egalarini Moskvaga taklif qiladi. Tanlov g‘olibiga 1 million rubl (taxminan 67 million so‘m) mukofot puli beriladi.
Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?