WWW.XIT.UZ » Muxim Voqealar » Amerika maxsus xizmatlari “Boing-777” raketa bilan urib tushirilganini tasdiqladi
Amerika maxsus xizmatlari “Boing-777” raketa bilan urib tushirilganini tasdiqladi

Amerika razvedkasi Donetsk yaqinida halokatga uchragan Malayziyaning
"Boing-777” layneri "yer — havo” sinfidagi raketa bilan urib
tushirilganini tasdiqladi. Bu haqda Vedomosti.ru xabar berdi.
Maxsus xizmat raketani aynan kim otganini hozircha aniqlagani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Donetsk viloyatida Malaysia Airlines samolyoti qulagani haqidagi axborot Toshkent vaqti bilan 20:00 atrofida paydo bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, halokat natijasida samolyot bortida bo‘lgan barcha odam halok bo‘lgan.
Aviahalokatdan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon suhbati vaqtida AQSh prezidenti Barak Obamaga ro‘y bergan hodisa haqida ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida: "yer — havo” sinfidagi raketalar yerdan turib havodagi nishonga otiladi.
Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?