» » Neymar ijtimoiy tarmoqlarga joylagan suratlari uchun “Barselona” rahbariyatidan hayfsan oldi

Neymar ijtimoiy tarmoqlarga joylagan suratlari uchun “Barselona” rahbariyatidan hayfsan oldi

Neymar ijtimoiy tarmoqlarga joylagan suratlari uchun “Barselona” rahbariyatidan hayfsan oldi

Braziliya termasi va Ispaniyaning "Barselona” futbol klubi hujumchisi Neymar Kataloniya jamoasi rahbariyatidan ijtimoiy tarmoqlardagi xulqi uchun hayfsan oldi. Bu haqda "ITAR-TASS” xabar berdi.


2014-yilgi jahon chempionatidan so‘ng futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylagan fotosuratlari va statuslari "Barselona” rahbariyati noroziligiga uchradi. Ta’kidlash joiz, musobaqa chog‘ida Neymar uchinchi bel umurtqasidan jarohat olgan edi. Ayni paytda u muolaja olmoqda.

Kataloniya klubi rahbariyati braziliyalik o‘yinchidan diqqatini sog‘lig‘ini tiklashga qaratishni va ko‘ngilxushlik chog‘idagi rasmlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda kamroq bo‘lishishni talab etdi.

Avvalroq Neymar Ibitsada top-modellar, muxlisalari va taniqli amerikalik aktrisa Peris Xilton bilan dam olayotgani aks etgan suratni Facebook’ka joylagan edi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (5-08-2014, 13:42)
+2 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют