» » Avstraliyada yo‘lovchilar oyog‘i tiqilib qolgan odamni qutqarish uchun poyezd vagonini og‘dirdi

Avstraliyada yo‘lovchilar oyog‘i tiqilib qolgan odamni qutqarish uchun poyezd vagonini og‘dirdi

Avstraliyada yo‘lovchilar oyog‘i tiqilib qolgan odamni qutqarish uchun poyezd vagonini og‘dirdi

Avstraliyaning Pert shahridagi shahar atrofi poyezdinining o‘nlab yo‘lovchilari birgalikda harakat qilib, oyog‘i platforma va vagon orasiga tiqilib qolgan erkakni chiqarib oldi. Bu haqda "Kun” xabar bermoqda.

Buning uchun ular vagonlardan chiqib, birgalikda, bir vaqtda vagonni yon tomonga og‘dirishlariga to‘g‘ri keldi. Platformadagi kuzatuv kamerasiga yozib olingan hodisa internetga joylashtirildi.

Videoyozuvda poyezdga chiqayotgan yo‘lovchi oyog‘ini platforma va vagon orasidagi bo‘shliqqa tushib ketganini ko‘rish mumkin. Hodisa haqida zudlik bilan stansiya xodimlari va mashinistga xabar berilgan.

Yordamga chaqirilgan stansiya xodimi o‘zi mustaqil ravishda yo‘lovchini teshikdan chiqarib ololmagach, poyezd yo‘lovchilari vaziyatni qo‘lga olgan.

Odamlar og‘irligi bir necha o‘n tonna bo‘lgan vagon oldida bir qator bo‘lib tizilib, uni qo‘llari bilan yon tomonga og‘dirgan. Natijada yo‘lovchi "qopqon”dan qutilib chiqqan, hodisa ishtirokchilari va buni kuzatib turganlar esa qarsaklar bilan olqishlagan.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (7-08-2014, 16:22)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют