» » Iqlima Komilova MDU Toshkent filialiga kirish imtihonlarida rekord o‘rnatdi

Iqlima Komilova MDU Toshkent filialiga kirish imtihonlarida rekord o‘rnatdi

Iqlima Komilova MDU Toshkent filialiga kirish imtihonlarida rekord o‘rnatdi

Iqlima Komilova Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkent filiali tarixida ilk bor kirish imtihonlarida eng yuqori — 300 ballni to‘pladi. Bu haqda "Pravda Vostoka” xabar bermoqda.

Iqlimaning oilasi bundan 10 yil avval Xorazmdan Toshkentga ko‘chib kelgan. Iqlima maktabni bitirib, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi International House-Tashkent akademik litseyda tahsil oldi. Litsey o‘qituvchisi Maksim Bolonkinning sa’y-harakatlari bilan Iqlima dasturlashga qiziqib qoldi va o‘qishni Moskva Davlat universiteti Toshkent filialining matematika va informatika fakultetida davom ettirishga qaror qildi.

Iqlima kirish imtihonlarida matematika, informatika va rus tilidan berilgan topshiriqlarning barchasini to‘g‘ri bajarib, 100 balldan jami 300 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Iqlima bunday natijaga erishishida Natalya Perfilyeva, Yelena Jukova va boshqa o‘qituvchilarning hissasi katta bo‘lganini aytib, ularga minnatdorchilik bildirdi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (8-08-2014, 23:07)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют