» » Hindistonlik tadbirkor o‘ziga 4 kilogrammlik oltin ko‘ylak sovg‘a qildi (foto)

Hindistonlik tadbirkor o‘ziga 4 kilogrammlik oltin ko‘ylak sovg‘a qildi (foto)

Hindistonlik tadbirkor o‘ziga 4 kilogrammlik oltin ko‘ylak sovg‘a qildi (foto)

Hindistonlik to‘qimachilik magnati o‘zining 45 yoshiga to‘rt kilogramm og‘irlikdagi ko‘ylakni sovg‘a qildi, deya xabar berdi New York Daily News.

Yuqori probali oltindan ishlangan kiyim narxi 211 ming dollarga teng. Tadbirkor nafaqat jamoatchilik oldida o‘zini ko‘z-ko‘z qilish uchun, balki Ginnesning Rekordlar kitobiga kirish uchun ham uni sotib olganini aytdi.

Ko‘ylakni tayyorlash uchun tadbirkorga tegishli fabrikaning 20 nafar ishchisi ikki oy mehnat qildi. Oltin qatlami ostida yupqa matodan astar bo‘lgani uchun libos egiluvchan xususiyatga ega bo‘ldi. Uni oddiy kir yuvish mashinasida tozalash mumkin.

 

 

Foto: nydailynews.com

Foto: nydailynews.com

Parax oldindan oltinni yoqtirishini, ikki-uch kilogramm tilla bezaklarsiz uydan chiqmasligini aytdi. O‘z xavfsizligini ko‘zlab, tadbirkor ko‘chada bir necha tansoqchilar hamrohligida yuradi.

Pankay Parax maktabni bitirishi bilan oilaviy to‘qimachilik biznesiga kirishib ketadi. Bir necha yil ichida u korxona daromadini bir necha o‘n barobar oshirishga muvaffaq bo‘ladi. Tadbirkor Hindistonda muhtojlarga yordam beruvchi homiy sifatida ham taniqlidir. U har yili poliomiyelit bilan og‘rigan 120 nafar bolalar operatsiyasiga pul ajratadi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (8-08-2014, 23:19)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют