» » Sogdiana: “Vatanimda ijod qilish baridan muhim!”

Sogdiana: “Vatanimda ijod qilish baridan muhim!”

Sogdiana: “Vatanimda ijod qilish baridan muhim!”

Sogdiana sahnaga qaytib, O‘zbekistonda ijod qilish baridan muhim ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda Darakchi.uz xabar bermoqda.

Sogdiana katta ijodiy tanaffus qilishining boisi farzandlari tarbiyasi bo‘lganini aytib, kuz oylarida yangi ijod namunalarini muxlislarga havola etishini ma’lum qildi.

Xonanda hozir xit-paradlarda ketma-ket birinchi o‘rinni egallab kelayotgan Timur Yolqin va Aleksandr Kovalyov qalamiga mansub yangi "Molniya” nomli taronasiga Irina Mironova rejissorligi ostida klip suratga olinganini qayd etdi. Klip trek yo‘nalishida bo‘lib, liboslar va pardozga alohida e’tibor qaratilgan. "Hamkorligimiz natijasi kutganimdan ham a’lo darajada bo‘ldi”, — deydi qo‘shiqchi.

Sogdiana muxlislarini kuttirmay, tez orada yakkaxon konsert dasturi va yangi albomini taqdim etishini ma’lum qildi.

Ayni damda mazkur albom ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, undan "Tolko ne molchi”, "Molniya”, Rayhon bilan kuylangan duet kabilar joy olishi kutilmoqda. "Na rasstoyanii ruki” va "Lyubit tebya” nomli yangi qo‘shiqlar ham muxlislar etiboriga havola etiladi. Albomdan joy olgan taronalarda nafaqat qarshi jins vakillari o‘rtasidagi sevgi, balki ota-ona, farzandga bo‘lgan muhabbat haqida ham kuylanadi.

Ijodini O‘zbekistonda davom ettirishga ahd qilgan xonanda "Ijod, san’at chegara bilmaydi, u odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Har bir muxlis men uchun qadrli. Lekin Vatanim — baridan muhim!” — deb ta’kidladi.

Farzandlari haqida berilgan savolga Sogdiana ikkala o‘g‘lining ingliz maktabida o‘qiyotganini aytdi. U "Katta o‘g‘lim Arjun matematik bo‘lsa kerak, fenomenal xotirasi kuchli. Hamma narsa yodida turadi. Mikail esa, raqs tushishni, sportni yaxshi ko‘radi. Bog‘chada qizlarni shu qadar hurmat qiladiki, qizchalar ham uni juda yaxshi ko‘rishadi”, — deb so‘zini yakunladi.

 

TrashBox.Ru

Опубликовано: MusTanG (10-08-2014, 23:20)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют