» » “Nigyaaa?” deya kuylab, Uznetni “portlatgan” Umidjon Shermatov o‘z muxlislariga yangi qo‘shiq va’da qildi

“Nigyaaa?” deya kuylab, Uznetni “portlatgan” Umidjon Shermatov o‘z muxlislariga yangi qo‘shiq va’da qildi

“Nigyaaa?” deya kuylab, Uznetni “portlatgan” Umidjon Shermatov o‘z muxlislariga yangi qo‘shiq va’da qildi

Jonli kuylangan, videosi havaskorlik darajasida suratga olingan "Ayrildik-ku bizlar” qo‘shig‘i bilan Uznetda mashhur bo‘lib ketgan Umidjon Shermatov o‘z muxlislariga murojaat qildi. Havaskor xonandaning videomurojaati Mover.uz servisiga joylashtirilgan, deb yozadi "Kun”.

 

Umidjon Shermatov uni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislariga minnatdorchilik bildirib, birinchi qo‘shig‘i jonli kuylangani bilan, ba’zi kamchiliklari borligini ham tan olgan.

"Ilohim baxtimga sog‘ bo‘linglar! Yangi qo‘shiqni kutib qolinglar!”, – deydi Umidjon Shermatov o‘z videomurojaatida. Yangi qo‘shiq qachon, qayerda chiqishi haqida havaskor xonanda ma’lumot bermagan.

 

 

 

 

Nashrning eslatishicha, Umidjon Shermatov "Ayrildik-ku bizlar” nomli qo‘shiq kuylagani haqida internet-nashrlar orasida birinchi bo‘lib iLike.Uz sayti xabar bergandi. "Ovoz muharriri va yaxshi telefon yordamida internet yulduziga aylanishning yorqin misoli”, – deb ta’rif bergandi o‘shanda Umidjon Shermatovning birinchi "klipi”ga.

Internet hamjamiyati qo‘shiqdagi so‘zlar orasida naqoratidagi alohida urg‘u berib aytiladigan "Nega” jumlasiga ayniqsa katta e’tibor qaratdi, ushbu so‘z va umuman qo‘shiq muallifi internetdagi ko‘plab memlarning qahramoniga aylandi.

Ma’lumot uchun, YouTube’dagi Sayyod kanalida "Ayrildik-ku bizlar” klipi 10 ming martadan ko‘p, Mover.uz’da esa 18 ming martadan ko‘p ko‘rilgan.

 

Опубликовано: MusTanG (8-07-2014, 23:48)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют