» » Farg‘onada Koreya xalqaro universiteti tashkil etiladi

Farg‘onada Koreya xalqaro universiteti tashkil etiladi


“Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi (714-son, 23.08.2019-yil), bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Universitet respublika iqtisodiyot va sanoat tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlaydi.

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti sifatida tashkil etiladi.

Universitetda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida koreys, ingliz va o‘zbek tillarida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi, bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Universitetda birinchi o‘quv yilida 9 ta yo‘nalishda, 2021—2022-o‘quv yilidan boshlab 14 ta yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlanadi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют