» » Termiz tumanida 540 o‘rinli yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi

Termiz tumanida 540 o‘rinli yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi


Mustaqillik bayramining 28 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida yangi tashkil etilgan 35-umumta’lim maktabining binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qiladi.

Ta’lim maskanining tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi, viloyat hokimi o‘rinbosarlari va mutassadi tashkilot rahbarlari ishtirok etidi. Tadbirda viloyat hokimi yoshlarning zamonaviy ta’lim olishi va kasb-hunar sirlarini puxta egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi uchun barcha sharoitni yaratishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotganligi, jamiyatda ta’lim sohasi vakillari oldidagi mas’uliyatli vazifalar hamda kelajak avlodga munosib ta’lim-tarbiya berish barchaning yuksak burchi ekanligini ta’kidladi.

Ushbu yangi maktab o‘zbek va boshqa xorijiy tillardagi zarur darslik va adabiyotlar bilan ta’minlangan. Sinf xonalari zamonaviy tarzda jihozlangan.

Mazkur 35-umumta’lim maktabida 6,185 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy sport zali bunyod etildi. O‘quv va laboratoriya xonalari, kompyuter sinfi davlat ta’lim standartlari asosida tegishli jihozlar bilan ta’minlanib, o‘quvchilarning fanlarni puxta o‘zlashtirishi uchun zarur sharoit yaratildi.

Shuningdek, tumandagi 36-maktab hamda 23-maktab filialining yangi binosi ham foydalanishga topshirildi. 315 o‘ringa mo‘ljallangan 36-maktab binosining qurilishi uchun 4,182 milliard so‘m mablag‘ ajaratilib, barcha sharoitlarga ega o‘quv hamda laboratoriya xonalari va 12x24 o‘lchamli sport zali ham barpo etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют