» » O‘zbekiston Senati Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston Senati Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 28-mart kuni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya 2016-yilning 29-noyabr kuni Moskva shahrida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni va ikki mamlakat harbiy idoralari o‘rtasida 2017-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzolagan edi.

Bitim doirasida tomonlar bir-biriga harbiy maqsadlardagi mahsulotlar — qurol-yarog‘, harbiy texnika, ishlar, xizmatlar va boshqalarni yetkazib berishi mumkin. Bundan tashqari, tomonlar qurol-yarog‘ va harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini ham bajaradi.

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston va Rossiya harbiy maqsadlardagi mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma korxona va ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют