» » Onlayn auksionda boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng 23 ta obyekt qariyb 2 mlrd so‘mga sotildi

Onlayn auksionda boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng 23 ta obyekt qariyb 2 mlrd so‘mga sotildi


19—23-avgust kunlari onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 23 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyekti, 93 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 40 ta obyekt sotildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Davlat mulki obyektlari

Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 23 ta davlat mulki obyekti 9 mlrd 430 million so‘m investitsiya kiritish, 160 ta yangi ish o‘rnini yaratish sharti bilan 1 milliard 793 million so‘mga sotildi. 54 ta obyekt savdoga chiqarildi, 31 ta obyekt realizatsiya qilindi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq

Jami 93 ta boshlang‘ich narxi 356,4 million so‘mlik yer uchastkalariga bo‘lgan huquq 33 milliard 554,3 million so‘mlik investitsiya kiritish va 409 ta yangi ish o‘rnini yaratish sharti bilan 1 milliard 848,6 million so‘mga sotildi.

Hafta davomida jami 299 ta boshlang‘ich narxi 1 milliard 100,6 million so‘mlik yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, hozirgi kunda 2986 ta boshlang‘ich narxi 92 milliard 403,7 million so‘mlik bo‘sh yer uchastkasi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha jami 40 ta obyekt 5 milliard 779,8 million so‘mga sotildi. Hafta davomida 73 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Daryo o‘zanlari tozalash huquqi

Jami 3 ta daryo o‘zanlarini tozalash loyihasi 886,7 million so‘mga sotildi. Shu bilan birga, haftada jami 3 ta boshlang‘ich narxi 1 milliard 95 million so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyihasi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, hozirgi kunda 31 taboshlang‘ich narxi 9 milliard 848,4 million so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyihasi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Metall qazib olish huquqi

57 ta boshlang‘ich narxi 427,5 million so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi 456,4 million so‘mga sotildi.

Hozirgi kunda 20 ta boshlang‘ich narxi 150 million so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют