» » Amerikalik ayol angina bilan kasallangan bolalari tufayli oyog‘i va barmoqlaridan ayrildi

Amerikalik ayol angina bilan kasallangan bolalari tufayli oyog‘i va barmoqlaridan ayrildi


AQShning Viskonsin shtatida yashovchi Alisha Kennen bolalaridan yuqtirgan infeksiya tufayli o‘ng oyog‘i, qo‘lidagi va chap oyog‘idagi barmoqlaridan ayrildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa Rays-Leyk shahrida yuz berdi. Amerikalik ayol qoqilib ketib, bel qismini shilib oldi. Bir necha kundan so‘ng uning ichki a’zolari ishdan chiqib, ichki qon ketishi boshlandi. Ayol reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi.

Bemorning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar kasallik alomatlarining jiddiyligi bois uning holatiga nima sabab bo‘lganini aniqlay olmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, kasallikning sababi ayolning uchta farzandidan yuqtirgan angina edi. Infeksiya uning tanasiga o‘sha yarasi orqali kirgan va o‘tkir tonzillitni keltirib chiqargan A guruhiga kiruvchi streptokokk tufayli unda infektsion-toksik shok boshlagan.

Bemorning qo‘l-oyoqlari to‘qimalarining nobud bo‘lishi oqibatida barmoqlarini qisman kesib tashlashga to‘g‘ri keldi. Ammo, biroz vaqt o‘tgach, infeksiya tarqalishda davom etdi va ayol oyoq barmoqlarining hammasini yo‘qotdi. Bir necha oy oldin retsediv natijasida shifokorlar ayolning o‘ng oyog‘ini tizzasigacha kesib tashlashga majbur bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют