» » O‘zbekiston va Rossiya “o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi” hujjatlarni imzolamoqchi

O‘zbekiston va Rossiya “o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi” hujjatlarni imzolamoqchi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Rossiya turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘plab hujjatlarni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda, UzDaily’ning xabar berishicha, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 28-mart, seshanba kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tgan.

“Kelajakda nafaqat savdo-iqtisodiy, balki o‘zaro manfaatli boshqa barcha sohalarda ham do‘stona munosabatlar uchun asos bo‘ladigan bu kelishuvlar sifatli bo‘lishi hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni sezilarli darajada olg‘a siljita olishi kerak. Mamlakatlarimiz o‘zaro yaqin, munosabatlarimiz har doim iliq, do‘stona bo‘lgan va biz bu munosabatlar bundan keyin ham izchil rivojlanishidan manfaatdormiz”, — dedi Dmitriy Medvedev.

Abdulla Aripovning so‘zlariga ko‘ra, bu qadar ko‘p hujjatlarning imzolanishi natijasida paydo bo‘ladigan masalalarni Shavkat Mirziyoyevning tashrifiga qadar hal etmoq zarur.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘taradigan, o‘zaro munosabatlarning yangi darajaga olib chiqadigan bu qadar ko‘p hujjatlar to‘plamining imzolanishi bilan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha masalalarni tashrifga qadar bartaraf etish kerak. Bu iqtisodiy masalalarga, gumanitar masalalarga va ikki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa muhim masalalarga taalluqli”, — dedi O‘zbekiston bosh vaziri.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aprel oyida davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют