» » Samarqandda Nexia avtomashinasini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Samarqandda Nexia avtomashinasini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi


Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida qarovsiz holda qoldirilgan Nexia o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

22-avgust kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 29 yoshli H.R. IIBga murojaat qilib, shu yil 21-avgust kuni soat 23:00 larda noma’lum shaxs uning uyi oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Nexia rusumli avtomashinasini haydab qochganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida avtomashina Samarqand tumani “Guliston” mahallasi hududidan texnik soz holda topilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Kattaqo‘rg‘on tumani “Kumushkent” mahallasida yashovchi 23 yoshli J.O. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют