» » Eng ko‘p haq oluvchi ayol qo‘shiqchi ma'lum qilindi

Eng ko‘p haq oluvchi ayol qo‘shiqchi ma'lum qilindi


Forbes jurnalining versiyasiga ko‘ra, amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift o‘tgan yil davomida dunyoda eng ko‘p daromad ko‘rgan qo‘shiqchilar reytingida birinchilikni egalladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

So‘nggi yil davomida Svift 185 million dollar ishlab topgan. Asosiy daromadini Reputation Stadium Tour nomli xalqaro turne keltirgan. Birgina AQShning o‘zida qo‘shiqchining konsertiga chiptalar 266 million dollarga sotilgan.

Bundan tashqari qo‘shiqchi Republic Records ovoz yozish studiyasi bilan ham shartnoma imzolagan bo‘lib, o‘zining yangi Lover albomi savdosidan katta daromad ko‘rishi kutilmoqda.

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan 81 million dollar bilan Beyonse joy olgan. Uchinchi o‘rin esa yil davomida 62 million dollar ishlab topgan Riannaga nasib etdi.

Undan keyingi pog‘onalarni Ketti Perri (57,5 mln. dollar), Pink (57 mln. dollar), Ariana Grande (48 mln. dollar), Jennifer Lopes (43 mln. dollar), Ledi Gaga (39,5 mln. dollar), Selin Dion (37,5 mln. dollar) va Shakira (35 mln. dollar).

Ta’kidlanishicha, eng ko‘p daromad ko‘rgan qo‘shiqchilar o‘ntaligi 2019-yilda 645,5 million dollar ishlab topgan, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 28,5 foizga ko‘p demakdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют