» » Mustaqillik kuni bayram tadbirlari qayerda o‘tkaziladi?

Mustaqillik kuni bayram tadbirlari qayerda o‘tkaziladi?


Toshkent shahar hokimligi Mustaqillik bayrami munosabati bilan poytaxtda o‘tkaziladigan xalq sayillari haqida ma’lumot berdi.

Mustaqillik bayrami munosabati Sayilgoh ko‘chasi, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi, Baynalminal madaniyat markazi binosining old maydonida, 11 ta tuman markazlarida hamda barcha istirohat bog‘larida xalq sayillari o‘tkaziladi.

Shuningdek, o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida mushakbozlik tomoshalari ham bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida mehnat jamoalarida, mahallalarda, ta’lim muassasalarida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” g‘oyasi ostida uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей...