» » O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi tugatildi

O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi tugatildi


Prezident farmoniga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi tugatildi.

Tugatilayotgan jamg‘armaning jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha moliyalashtirish funksiyasi Moliya vazirligiga yuklatiladi.

Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyihalar hamda ularning manzilli ro‘yxatlari har yili vazirlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelishilgan holda shakllantiriladi hamda navbatdagi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritiladi;

Tugatilayotgan Jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilib kelingan jismoniy tarbiya va sport obyektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda yetkazib berish, respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish xarajatlari har yili sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutiladi va respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasini shakllantirish va moliyalashtirish uchun har yili belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, shuningdek, tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari nazarda tutiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019-yilga mo‘ljallangan jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturi markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют