» » Di Kaprio fondi Amazoniyaga yordam tariqasida 5 mln dollar yuboradi

Di Kaprio fondi Amazoniyaga yordam tariqasida 5 mln dollar yuboradi


Asoschilaridan biri Leonardo Di Kaprio bo‘lgan EarthAlliance xayriya tashkiloti o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekayotgan Amazoniyaga 5 million dollar yuboradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“EarthAlliance kompaniyasi Amazoniyadagi biologik xilma-xillikni yong‘indan saqlab qolish ustida ishlayotgan mahalliy aholi va boshqa mahalliy sheriklarga yuborish uchun Amazoniya o‘rmonlariga budjeti 5 million dollar bo‘lgan favqulodda yordam fondini yaratdi”, — deyiladi tashkilotning Twitter’dagi sahifasida.

Avvalroq Fransiya prezidenti G7 Amazoniyadagi yong‘inlarni o‘chirish uchun 20 million yevro atrofida favqulodda yordam yuborishini aytgan edi. Kanada ham bunga 15 million dollar ajratishga va’da bergan. Mamlakat tashabbusi G7 uchrashuvida kelishilgan umumiy yordam paketiga kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют