» » Ruminiyada dunyodagi eng katta yaxta yasalmoqda (video)

Ruminiyada dunyodagi eng katta yaxta yasalmoqda (video)


Ruminiyada dunyodagi eng katta yaxta — REV Ocean suvga tushirildi, deb xabar bermoqda Forbes. Kemani Norvegiyaning Forbes ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turuvchi Kell Inge Rekke qurmoqda.

Baliq ovlash va dengizdagi burg‘ulashdan boyib ketgach, u o‘z boyligining katta qismini okeanlarni ifloslantirishdan va cheksiz baliq ovlashdan qutqarishga sarflashga ahd qilgan.

Loyiha saytida ma’lum qilinishicha, 25-avgust kuni REV Ocean kemasi Ruminiyadagi VARD Tulcea kemasozlik korxonasidan ishga tushirilgan. Ta’kidlanishicha, kemaning uzunligi 600 fut (182,88 metr) bo‘lib, bu uni dunyodagi eng uzun yaxta deb hisoblashga asos bo‘ladi. Ungacha BAAlik shayx Xalifa ibn Zayd al-Nahyanuga qarashli bo‘lgan Azzam yaxtasi 2013-yildan buyon eng uzun yaxta hisoblanar edi.

Qurish ishlari yakuniga yetgach, REV Ocean nafaqat eng uzun yaxta bo‘ladi, balki yuk sig‘imiga ko‘ra ham birinchi bo‘ladi. Loyiha saytida qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 17 440 tonnani tashkil etadi. Hozirda bu ko‘rsatkich bo‘yicha Alisher Usmonovning “Dilbar nomli kemasi birinchi o‘rinda.

Kema qurilishini 2020-yilda yukunlanish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют