» » Superliga. “Buxoro” safarda “Dinamo”ni mag‘lub etdi, “Nasaf”da esa mag‘lubiyat

Superliga. “Buxoro” safarda “Dinamo”ni mag‘lub etdi, “Nasaf”da esa mag‘lubiyat


27-avgust, seshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 18-turi doirasida navbatdagi 2 ta o‘yin yakuniga yetdi.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi safarda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvdagi yagona golga mezbon jamoa himoyachisi Murod Xolmuhammedov 82-daqiqada mualliflik qildi.

Shu tariqa “Nasaf” “Qo‘qon-1912”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).

Ma’lumot uchun, “Nasaf” 27 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Qo‘qon-1912” esa 17 ochko bilan 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Samarqandning “Dinamo” klubi o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi.

Uchrashuv davomida mehmon jamoa a’zolari Andrey Sindorov (69), Salomat Quttiboyev (71) hamda Sardor Sulaymonov (76) raqib darvozasiga gol urdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, buxoroliklar mehmonda kechgan bahsda “Dinamo”ni yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, so‘nggi o‘rinda borayotgan “Buxoro” ochkolari sonini 15 taga yetkazib olgan bo‘lsa, Samarqand klubi esa 18 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinni band qilib turibdi.

Superliga

18-tur bahslari

27-avgust, seshanba

Gol: 1:0 — 82 Murod Xolmuhammedov

Gollar: 0:1 — 69 Andrey Sindorov, 0:2 — 71 Salomat Quttiboyev, 0:3 — 76 Sardor Sulaymonov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют