» » Meksikada yoga bilan shug‘ullanayotgan qiz 6-qavatdan yiqilib tushib, tirik qoldi

Meksikada yoga bilan shug‘ullanayotgan qiz 6-qavatdan yiqilib tushib, tirik qoldi


Meksikaning Nuevo-Leon shahrida yoga bilan shug‘ullanayotgan qiz oltinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi, deb xabar beradi Dailya Mail.

24-avgust kuni 23 yoshli Aleksa Terrazas balkonda yoga bilan shug‘ullanayotganida sirpanib ketgan va 25 metr balandlikdan yerga qulagan. Voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari qizni zudlik bilan shifoxonaga olib borgan. U 11 soat davomida operatsiya qilingani aytilmoqda.

26-avgustda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qizning ahvoli og‘ir: uning bir necha joyi singan va boshidan qattiq jarohat olgan.

Terrazaslar oilasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan qiziga qon topshirishlarini hamda uning sog‘ayib ketishi uchun dou qilishlarini so‘ramoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют