» » Namanganda ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha mamlakatda ikkinchi shprits zavodi ishga tushdi 

Namanganda ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha mamlakatda ikkinchi shprits zavodi ishga tushdi 


Namangan viloyatining Uychi tumanida tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Ax medical farm” O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma korxonasi ish boshladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Qurilish ishlari 2018-yil mart oyida boshlangan “Aks medikal farm” korxonasi o‘z yo‘nalishida noyob loyiha hisoblanadi. Ishlab chiqarish hajmi jihatidan mamlakatda Nukus shprits zavodidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Bu yerda yiliga 100 million dona shprits, 300 ming dona ayollar tibbiyot oynasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Ularning yillik umumiy qiymati 40 milliard so‘mni tashkil qiladi. Korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach 110 kishining bandligi ta’minlanadi.

“Bunyodkor Maxsudbek fayz” fermer xo‘jaligi tomonidan amalga oshirilgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 2,3 million dollar bo‘lib, shundan 630 ming dollari xitoylik sarmoyador investitsiyasi.

— Bu ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligimizning uchinchi yirik korxonasi hisoblanadi, — deydi qo‘shma korxona rahbari Elmurod Mamadaliyev. — 2013-yilda Turkiya bilan hamkorlikda ipak gilam to‘qish korxonasi ochilgan. Bu yerda tayyorlangan gilamlar to‘liq eksportga yo‘naltirilgan. O‘tgan oyda Yangiqo‘rg‘on tumanida yillik quvvati 1,5 million tonna bo‘lgan sement zavodi qurilishi boshlandi. Korxonamizga kelsak, bu yerda shprits va tibbiyot oynalaridan tashqari kelgusi yili tibbiy infuzion sistemalar ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan. Buning uchun xitoylik hamkorimiz 2 million dollar investitsiya kiritadi.

Korxonaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют