» » Buxoro viloyatida jayronlarni ovlagan brakonerlar ushlandi

Buxoro viloyatida jayronlarni ovlagan brakonerlar ushlandi


To‘rt kishi “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilgan jayronlarni noqonuniy ovlagan, bu haqda Repost xabar berdi.

Buxoro viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspeksiyasi 9204-sonli harbiy qismning harbiy xizmatchilari bilan birgalikda cho‘l hududida 80 R262 HA davlat raqamidagi VAZ rusumli avtomashinasidagi Qorako‘l viloyatining noqonuniy ov qilish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqarosi ushlangan.

Brakonerlar “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilgan ikkita katta yoshli jayronlarni otgan.

Ularning qurol, o‘q-dorilar va qidiruv moslamalari ashyoviy dalil sifatida olingan va Qorako‘l tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan.  Noqonuniy ov qilish obyekti bo‘lgan jayronlarning jasadlari sud qarori chiqarilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun “Buxoro go‘sht-sut savdo” OAJga yuborilgan. Jinoyatchilar jinoiy huquqbuzarlik belgilari bilan harakatlarni amalga oshirganliklari sababli, ish materiallari qonun hujjatlariga muvofiq keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish va huquqbuzarlarni javobgarlikka tortish maqsadida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют