» » DSQ soliqdan qochganlarni aniqlashda yordam bergan shaxslarni rag‘batlantiradi

DSQ soliqdan qochganlarni aniqlashda yordam bergan shaxslarni rag‘batlantiradi


QHTBT portalida soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va xufiyona iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish faktlarini aniqlashda yordam bergan shaxslarni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori loyihasi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlat soliq qo‘mitasi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan va xufiyona ishlayotgan tadbirkorlarni aniqlashda yordam bergan shaxslarni moddiy rag‘batlantirmoqchi. Noqonuniy savdo-sotiq bilan shug‘ullanayotgan, yashirin sexlar tashkil etib, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan tadbirkorlar haqida ma’lumot berganga pul to‘lanadi.

Unga ko‘ra, quyidagi ma’lumotlarni ma’lum qilgan jismoniy va yuridik shaxslar rag‘batlantiriladi:

— yashirin ishlab chiqarish sexlari;

— kontrabanda yo‘llari bilan olib kelingan tovarlar, shuningdek, kontrafakt va tegishli hujjatlari bo‘lmagan tovarlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash yoki sotish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar (obyektlar);

— soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari, jumladan, tadbirkorlik subyektlari amalga oshirilayotgan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash “sxema”lari;

— etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarayotgan, tashiyotgan, saqlayotgan yoki sotayotganlar haqida.

Shular haqida ma’lumot soliq nazorati tadbirida to‘liq isbotini topsa, soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlashda yordam bergan jismoniy va yuridik shaxslarni rag‘batlantirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Har bir tasdiqlangan xabar uchun budjetga tushgan bir oylik soliq va majburiy to‘lovlar, shuningdek, undirilgan moliyaviy jarimalar yoki huquqbuzarlardan olib qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklarini sotishdan budjetga tushumlarning 5 foizi, biroq to‘lov muddatida amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi.

Ma’lumotlarni DSQning “my2.soliq.uz” saytidagi “Soliq huquqbuzarligi haqida xabardormisiz?” rukni orqali yuborish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют